“Yoshlar kuni” munosabati bilan Marhamat tumani prokurori U.Azimov tashabbusi bilan tumandagi 4-son texnikumda uyushmagan yoshlar ishtirokida ochiq muloqot va qabul tashkil etildi.
2026-06-18 13:30:00 / Yangiliklar

“Yoshlar kuni” munosabati bilan Marhamat tumani prokurori U.Azimov tashabbusi bilan tumandagi 4-son texnikumda uyushmagan yoshlar ishtirokida ochiq muloqot va qabul tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv yoshlar bilan bevosita muloqot o‘rnatish, ularning muammo va takliflarini tinglash, mavjud muammolarga amaliy yechimlar ishlab chiqish hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.
Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, bandlikni ta’minlash, kasb-hunar egallash va tadbirkorlikka jalb etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy faolligini oshirish borasida ham muhim fikr va takliflar ilgari surildi.
Mazkur tadbir yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotni kuchaytirish, ularning muammolariga befarq bo‘lmaslik hamda kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
