Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
2026-06-12 08:05:00 / Yangiliklar

Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning bugungi holati atroflicha tahlil qilinib, ekinlarni parvarishlash, o‘z vaqtida sug‘orish ishlarini sifatli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, paxta hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan turli zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda biologik va kimyoviy vositalardan samarali foydalanish yuzasidan mutaxassislarning tavsiya va ko‘rsatmalari berildi.
Tumani hokimi tomonidan fermer va mas’ullarga mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish, hosildorlikni oshirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda yuqori natijalarga erishish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
