HAJ SAFARINI ADO ETIB QAYTGAN MARHAMATLIK HOJILAR MUNOSIB KUTIB OLINDI
2026-06-19 19:10:00 / Yangiliklar

HAJ SAFARINI ADO ETIB QAYTGAN MARHAMATLIK HOJILAR MUNOSIB KUTIB OLINDI
Muborak Haj mavsumi yakunlanib, dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan musulmonlar qatori yurtdoshlarimiz ham ulug‘ ibodatni ado etib, Vatanimizga qaytmoqdalar. Quvonarlisi, bu yil Marhamat tumanidan Haj safariga borgan 76 nafar hoji ota va hoji onalar ham sog‘-salomat yurtimizga qaytib keldilar.
Muqaddas ziyoratdan qaytgan hojilarni Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov boshchiligidagi mas’ullar, nuroniylar hamda ularning oila a’zolari samimiy mehru ehtirom bilan kutib oldilar. Uchrashuv jarayonida hojilarning yuz-ko‘zlarida muborak safardan olgan ruhiy zavq, qalblarida esa shukronalik va xotirjamlik tuyg‘ulari yaqqol namoyon bo‘ldi.
Muqaddas Ka’ba atrofida tavof qilib, Arafot va Muzdalifa maskanlarida ibodatlarni ado etgan hoji ota-onalar Yaratganga shukronalar aytib, Yangi O‘zbekistonning ravnaqi, xalqimizning farovonligi, yurtimiz tinchligi va osmonimiz musaffoligi uchun duolar qildilar.
Hojilar o‘z taassurotlarida Haj safarining inson qalbini poklaydigan, ma’naviyatini yuksaltiradigan va ezgu amallarga undaydigan ulug‘ maktab ekanligini alohida ta’kidladilar.
Shuningdek, muqaddas ziyoratni munosib tashkil etish, hojilarga yaratilgan qulay shart-sharoitlar uchun davlatimiz rahbariyatiga minnatdorlik bildirdilar
