🇺🇿 YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORLARI KASBIY MAHORAT TANLOVIGA START BERILDI
2026-05-26 10:10:00 / Yangiliklar

🇺🇿 YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORLARI KASBIY MAHORAT TANLOVIGA START BERILDI
Marhamat tumani kasb-hunar texnikumlarida yoshlarning kasbiy salohiyati, amaliy bilim va ko‘nikmalarini namoyon etishga qaratilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari kasbiy mahorat milliy tanlovi” yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
Mazkur tanlov yoshlarning o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning iqtidor va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy kasb egalari safini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Tanlov jarayonlarida ishtirokchilar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha amaliy mahoratini namoyish etib, innovatsion yondashuvlar, kreativ g‘oyalar va kasbiy tajribalar bilan o‘zaro fikr almashadilar. Shuningdek, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratilib, ular malakali ustozlar tomonidan baholanadi.
Bunday tanlovlar yosh avlodni mehnatsevarlik, izlanish va kasbga sadoqat ruhida tarbiyalash bilan birga, kelgusida yetuk va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
