MARHAMAT TUMANI PROKURORI U.A.AZIMOVNING TUMANIMIZ AHOLISIGA MUROJAATI
2026-05-15 18:15:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

MARHAMAT TUMANI PROKURORI U.A.AZIMOVNING TUMANIMIZ AHOLISIGA MUROJAATI
ASSALOMU ALAYKUM MARHAMAT TUMANI FUQAROLARI HAMDA TUMANIMIZ MEHMONLARI!
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan joriy yilda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan 2026 yilda tuman mahallalarida jami 42 ta jinoyatlar sodir etilib, shulardan 15 tasini oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar tashkil etgan.
Oldi olinmagan ushbu jinoyatlarning ob’yektiv va sub’yektiv sabablarini aniqlanib, mahalla jamoatchiligi bilan birgalikda muhokama qilinib, faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxslarga intizomiy choralar ko‘rib kelinmoqda.
Shuningdek, mahalla jinoyatchiligini oldini olish yuzasidan aholi gavjum bo‘lgan hududlar, maktablar, mahallarning kirish va chiqish yo‘llariga zamonaviy turdagi videokuzatuv moslamalari o‘rnatildi, bozor, savdo do‘konlari va yashash xonadonlari qo‘riqlovga olindi, ko‘p qavatli uylarning kirish-chiqish eshiklari yanada xavfsiz qilib ta’mirlandi, probatsiya va profilaktika hisobida turuvchi shaxslar, muqaddam jinoyat sodir etgan va jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar, alohida toifadagi yoshlar hamda ayollar bilan uchrashuvchlar o‘tkazilib, ularning muammolari bosqichma-bosqich barataraf etib kelinmoqda.
Biroq, shunday bo‘lsada, joriy yilning o‘tgan davrida tumanimiz hududida qasddan badanga og‘ir va yengil tan jarohati yetkazish, o‘g‘irlik hamda bezorilik jinoyatlari ortib ketgan.
Bu esa nafaqat jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi organ va tashkilotlar balki barchamizni birdek tashvishga solishi lozim.
Shu munosabat bilan aholi o‘rtasida ommaviy tarzda “tig‘” tadbirlari o‘tkazilinmoqda. Tadbirkorlar va fuqarolar o‘rtasida o‘z mol-mulklarini hamda xonadonlarni tuman ichki ishlar bo‘limi qo‘riqloviga topshirishlari, videokuzatuv moslamalari o‘rnatishlari yuzasidan targ‘ibot - tashviqot ishlari olib borilmoqda. Fuqarolarga jinoyat yuz berishi mumkin bo‘lgan har qanday holatlar yuzasidan zudlik bilan mas’ul organ hamda shaxslarga xabar berishlari lozimligi haqida doimiy ravishda huquqiy tushunchalari berib borilmoqda.
Shunday bo‘lsada, ayrim shaxslar tomonidan o‘zining va o‘zganing hayoti, sog‘ligi, mol-mulklariga, qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlariga bepisandik bilan munosabatda bo‘lish holatlari kuzatilmoqda hamda ularga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlanmaqda.
Shuday ekan, biz Marhamat tumani fuqarolari birgalikda huquqni muhafaza qiluvchi organlar bilan samarali hamkorlikda ish olib borishimiz, jamiyatimiz va mahallalarimizni jinoyatdan holi hududga aylantirishimiz, bu borada shaxsiy mas’uliyatimizni nomoyon etgan holda bir-birimizga o‘rnak bo‘lishimiz lozim.
