QISHLOQ XOʻJALIGIDA MUHIM PALLA
2026-05-20 08:05:00 / Yangiliklar
Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov tomonidan hududdagi fermer xo‘jaliklarida olib borilayotgan o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi o‘rganish Mash’al massividagi “Quvnoq mehnatkash paxtakorlar” fermer xo‘jaligida tashkil etildi. Unda massiv hududida faoliyat yuritayotgan paxta-g‘alla yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda soha mutasaddilari ishtirok etdi.
Ekin maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, xususan paxta parvarishi, sug‘orish, kultivatsiya, oziqlantirish hamda dala ishlarining borishi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar tomonidan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, paxta hosildorligini oshirishda muhim omil bo‘lgan zararkunandalarga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Dalalarda uchrayotgan muammolar muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Ta’kidlanganidek, hududlarda agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda sifatli tashkil etish, zararkunandalarga qarshi samarali ishlov berish hamda yerga ilm asosida yondashish orqali yuqori hosildorlikka erishish mumkinligi qayd etildi.
