Besh tashabbus olimpiadasi
2026-05-21 14:35:00 / Yangiliklar
Marhamat tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 30 yoshdan yuqori bo'lgan aholi vakillari o'rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha sektor bosqichi bahslari qizg‘in va murosasiz tarzda bo‘lib o‘tmoqda.

Mahallalardan tashrif buyurgan ishtirokchilar o‘z jamoalari sharafini munosib himoya qilib, kuchli raqobat va yuqori kayfiyat ulashishdi.
Musobaqa davomida sportga bo‘lgan qiziqish, jamoaviy hamjihatlik va haqiqiy sport ruhi yaqqol namoyon bo‘ldi.
G‘olib bo'lgan jamoalar keyingi bosqichga yo'lanmani qo'lga kiritmoqda. G'olib jamoalarga omad tilaymiz!