Payshanba- yoshlar kuni
2026-04-23 09:30:00 / Yangiliklar

Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov boshchiligida “Payshanba-yoshlar kuni” doirasida navbatdagi “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini bevosita tinglash hamda dolzarb masalalarga amaliy yechim topish maqsadida tashkil etildi. Unda tumandagi faol, tashabbuskor va iqtidorli yoshlar, tegishli tashkilot va muassasalar mas’ullari ishtirok etmoqda.
Uchrashuv davomida yoshlarni bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, ta’lim sifatini oshirish, sport va madaniyat yo‘nalishlarida yaratilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, yoshlar duch kelayotgan muammolar atroflicha muhokama qilinmoqda. Har bir murojaat va taklif hokim tomonidan alohida e’tibor bilan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilmoqda.
Shuningdek, yoshlarning yangi loyihalari, startap g‘oyalari qo‘llab-quvvatlanib, ularni ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalariga ham alohida urg‘u berilmoqda.
