YOʻLLAR RAVON BOʻLSA, KOʻNGILLAR HAM SHOD
2026-04-13 17:30:00 / Yangiliklar

YOʻLLAR RAVON BOʻLSA, KOʻNGILLAR HAM SHOD
Marhamat tumani Shoʻrqishloq mahallasi hududida aholi turmush farovonligini oshirish, hudud infratuzilmasini yaxshilash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur mahalla infratuzilma bilan bogʻliq muammolar mavjudligi sababli “ogʻir mahalla” toifasiga kiritilgan boʻlib, bugungi kunda ushbu muammolarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, Marhamat tuman Yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi balansidagi mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan 60V040 “Shoʻrqaqir–Shoʻrqishloq” avtomobil yoʻlining 7–9-kilometr oraligʻida keng koʻlamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ayni paytda yoʻl qoplamasini yangilash, tekislash hamda transport qatnovi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida zarur texnika va mutaxassislar jalb etilgan.
Mazkur ta’mirlash ishlari yakunlangach, nafaqat Shoʻrqishloq mahallasi aholisi, balki ushbu yoʻldan foydalanuvchi qoʻshni hudud fuqarolari uchun ham harakatlanish ancha yengillashadi. Eng muhimi, aholining kundalik hayoti, transport qatnovi, tez yordam va boshqa xizmatlarning tezkorligi ta’minlanadi.
