Sun’iy intellekt va raqamli ta’lim imkoniyatlari
2026-04-07 18:15:00 / Yangiliklar

📌 Sun’iy intellekt va raqamli ta’lim imkoniyatlari
Uchrashuvda raqamli ta’lim yo‘nalishlari ham keng muhokama qilinib, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
🎓 Raqamli Ta’lim markazlari mutaxassislari tomonidan:
fuqarolar, yoshlar va pedagoglar uchun yaratilgan zamonaviy ta’lim imkoniyatlari,
“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasining maqsad va vazifalari,
aileaders.uz platformasidan foydalanish tartibi,
sun’iy intellekt hamda IT yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy onlayn va amaliy kurslar orqali bilim olish imkoniyatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
🏆 Shuningdek, loyiha doirasida har yili eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni rag‘batlantirish maqsadida milliy tanlov o‘tkazilishi qayd etildi. Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tashkil etiladi:
“Eng faol oliy ta’lim tashkiloti”
“Eng faol maktab”
“Eng faol informatika fani o‘qituvchisi”
“Eng faol ishtirokchi”
🚀 Mazkur tashabbuslar tinglovchilar uchun yangi bilimlar egallash, zamonaviy kasblarni o‘zlashtirish hamda raqamli iqtisodiyotda o‘z o‘rnini topish uchun mustahkam zamin yaratadi.
