SAYYOR QABUL
2026-04-04 17:35:00 / Yangiliklar
NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULI SHOʻRQAQIR MAHALLASIDA OʻTKAZILMOQDA

Aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini bevosita joyida o‘rganish maqsadida Marhamat tumanida navbatdagi sayyor fuqarolar qabuli Shoʻrqaqir mahallasida tashkil etildi.
Mazkur qabulda tuman hokimi Ilyosbek Umrzaqov boshchiligida sektor rahbarlari, tegishli tashkilot va muassasalar mas’ullari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tinglamoqda. Qabul davomida aholi tomonidan asosan bandlikni ta’minlash, uy-joy, kommunal xizmatlar, infratuzilmani yaxshilash, yo‘l va ichimlik suvi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirilmoqda.
