E’LON: MARHAMAT TUMANI HOKIMLIGI STARTAP LOYIHASI BOR YOSHLARNI UCHRASHUVGA TAKLIF ETADI
2026-03-25 09:15:00 / Yangiliklar

E’LON: MARHAMAT TUMANI HOKIMLIGI STARTAP LOYIHASI BOR YOSHLARNI UCHRASHUVGA TAKLIF ETADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, mamlakatimizda “Yoshlar kuni” etib belgilangan Payshanba kunida Marhamat tumani hokimligida navbatdagi muhim tadbir tashkil etiladi.
2026-yil 26-mart kuni, Payshanba kuni Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov tomonidan startap loyihalarini rivojlantirish istagida bo‘lgan faol va tashabbuskor yoshlar bilan uchrashuv o‘tkaziladi.
Uchrashuv maqsadi:
• Yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash;
• Istiqbolli startap loyihalarini aniqlash va ularni amalga oshirishda ko‘maklashish;
• Moliyalashtirish manbalarini topishda amaliy yordam berish;
• Yosh tadbirkorlarga huquqiy va tashkiliy maslahatlar berish.
Hurmatli yoshlar! Agar Sizda Marhamat tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shadigan, salohiyatli va innovatsion startap loyiha g‘oyalari mavjud bo‘lsa, ushbu uchrashuvda ishtirok etishga taklif etamiz.
Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart.
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qiling:
📞 90-384-88-87
Marhamat tumani hokimligi Sizning tashabbuslaringizni qo‘llab-quvvatlaydi!
Kelajagingni o‘zing yarat! ✨
