KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – HAR BIRIMIZNING MUQADDAS BURCHIMIZ
2026-03-03 09:30:00 / Yangiliklar

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – HAR BIRIMIZNING MUQADDAS BURCHIMIZ
Hurmatli Marhamat tumani aholisi!
Bugungi kunda korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘sqinlik qiladigan, davlat va jamiyat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan illatlardan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Marhamat tumanida ham ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillarini ta’minlash, fuqarolarimizning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda korrupsion holatlarning oldini olish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Har bir davlat xizmatchisi o‘z faoliyatida halollik, mas’uliyat va vijdon bilan ishlashi lozim.
Shu munosabat bilan barcha rahbar va xodimlarni, tadbirkorlar hamda keng jamoatchilikni korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lishga chaqiraman. Agar siz korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga duch kelsangiz, bu haqda tegishli tashkilotlarga yoki tuman hokimligiga murojaat qilishingizni so‘rayman.
Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va kelajak avlodning baxtli hayoti uchun barchamiz halollik va adolat tamoyillariga qat’iy amal qilishimiz zarur.
Keling, korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashib, halol va adolatli jamiyat qurishga o‘z hissamizni qo‘shaylik.
Hurmat bilan,
Ilyosbek Umrzaqov
Marhamat tumani hokimi
