“KITOBXON HAMSHIRA” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
2025-09-23 17:45:00 / Yangiliklar

2025-yil Farg‘ona viloyatida – “Kitobxonlik yili” deb e’lon qilingan va Davlatimiz rahbarining kitobxonlikni keng targ‘ib etish borasidagi tashabbuslari doirasida mehnat jamoalari, mahallalarda ham kitobxonlik tanlovlari, kitob yarmarkalari va mushoiralar o‘tkazib kelinmoqda.
Inson tafakurrini charhlovchi kitob mutolaasiga bag‘ishlangan ana shunday tadbirlardan biri bugun Marg‘ilon shahridagi 8-bolalar Musiqa va san’at maktabida tashkil etildi.
Shahar Tibbiyot birlashmasi tizimidagi muassasalar hamshiralarining badiiy, mumtoz va jahon adabiyotini o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, bu boradagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Kitobxon hamshira” ko‘rik-tanlovini viloyat hokimining maslahatchisi S.Tongatarova hamda shahar hokimi Sh.Nisbatxonovlar kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tanlovda ishtirokchilar o‘qigan asarlari asosida tayyorlagan chiqishlari, tezkor savol-javoblari orqali o‘z bilim va dunyoqarashlarini namoyish etdilar. Ularning badiiy tafakkuri, asarni tahlil qilish qobiliyati, nutq madaniyati va til boyligidan foydalanish darajasi asosida baholash ishlari olib borildi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan hamshiralarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir davomida yangragan kuy va qo‘shiqlar yig‘ilganlarga birdek manzur bo‘ldi.









