PROKURATURA FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANIŞUV
2026-11-19 17:00:00 / Yangiliklar

Bugun Yoşlar kuni munosabati bilan Marğilon şahar prokuraturasida yoşlarning huquqiy bilimini oşiriş, ularda huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatiga nisbatan qiziqişni kuçaytiriş hamda kelajakdagi kasbiy faoliyati uçun amaliy könikmalarni şakllantiriş maqsadida «Oçiq eşiklar kuni» tadbiri taşkil etildi.
Unda Farğona davlat universiteti talabalari iştirok etib, şahar prokuraturasi xodimlarining kundalik iş faoliyati, prokuratura organlarining asosiy vazifa va vakolatlari, qonun ustuvorligini ta’minlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdilar.
Tadbir davomida talabalar Tergov poligonida ham bölib, hodisa joyini közdan keçiriş, dalillarni aniqlaş va töplaş, tergov jarayonida qöllaniladigan amaliy usullar hamda maxsus vositalardan foydalaniş tartibi yuzasidan batafsil tuşunçalarga ega böldilar.
Şuningdek, bölajak huquqşunoslar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olib, nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlaş imkoniyatiga ega böldilar.
Mazkur tadbir yoşlarning huquqiy sohadagi bilim va tasavvurlarini kengaytiriş, ularni mas’uliyatli va malakali mutaxassislar etib tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etadi.







