Bugun Yoşlar kuni
2026-11-19 13:25:00 / Yangiliklar

“Yoşlar kuni” munosabati bilan şahar hokimi Elbek Rustamov, şahar prokurori Alişer Boboxöjayev, şahar IIB boşliği Farxod Bektoşevlar tomonidan şahardagi "Yangi boğ" mahallasida muddatli harbiy xizmatni tamomlab qaytgan, tadbirkorlik faoliyatini boşlaş istagida yurgan hamda turli masalalarda murojaat bilan kelgan yoşlar iştirokida oçiq muloqot taşkil etildi.
Samimiy ruhda ötgan uçraşuv davomida yoşlarning orzu-maqsadlari, kelgusidagi rejalari, bandlik, ta’lim va tadbirkorlikka oid taklif hamda muammolari atrofliça muhokama qilindi.
Şuningdek, yoşlarni kasb-hunarga yönaltiriş, ularni iş bilan ta’minlaş, öz biznesini boşlaşi uçun imtiyozli kreditlardan foydalaniş imkoniyatlari yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Muloqot jarayonida yoşlar özlarini qiynayotgan masalalar böyiça mutasaddi rahbarlarga bevosita murojaat qilib, taklif va taşabbuslarini bildirdilar.
Uçraşuv yakunida har bir murojaat böyiça tegişli mutasaddilarga topşiriqlar berilib, ijrosini nazoratga oliş yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.






