DO‘STIGA «MASHINA OLIB BERAMAN» DEDI… BIR YIL KUTDI, OXIRI ISH SUDGACHA YETDI!
2026-10-28 16:55:00 / Yangiliklar

Ishonch bor edi, va’da bor edi… Ammo mashina yo‘q edi!
Marg‘ilon shahrida bir shaxs do‘stiga avtomobil olib berishni va’da qilib, undan pul oladi. Biroq kutilgan mashina o‘rniga uning va’dalari cho‘zilaveradi. Olingan pullar esa o‘z ehtiyojlariga sarflanadi.
Bir oy o‘tdi — mashina yo‘q!
Olti oy o‘tdi — yana kutdi!
Bir yil o‘tdi — va’da hamon va’daligicha qoldi!
Oxiri sabri tugagan do‘st sudga murojaat qilishga majbur bo‘ladi.
Sud qarori asosida belgilangan jinoiy jarimani undirish bo‘yicha ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Marg‘ilon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushadi.
Natija esa — 100 million so‘m jinoiy jarima undirildi!
Bir va’da bilan boshlangan voqea sudgacha yetib bordi. Bu esa bir haqiqatni eslatadi: birovning ishonchini qozonish oson, ammo uni suiiste’mol qilishning oqibatlari jiddiy bo‘lishi mumkin.
Majburiy ijro byurosi — sud hujjatlari ijrosini ta’minlash yo‘lida!
Byuroning Marg‘ilon shahar bo‘limi
