Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining şahar bosqiçi bölib ötdi
2026-10-26 17:20:00 / Yangiliklar

Tanlovda 14 yoşdan 30 yoşgaça bölgan xotin-qizlar 9 ta yönaliş böyiça öz bilimi, iqtidor va mahoratini namoyiş etib, ijodiy yondaşuv, nutq madaniyati, yetakçilik qobiliyati hamda intellektual salohiyatlarini namoyon etgan xolda tanlov nizomida belgilangan mezonlar asosida baholandilar.
Hakamlar hayʼati tomonidan iştirokçilarning işlari orasida yuqori natijalarga erişgan, eʼtiborli yutuq va marralarni qölga kiritgan, tengdoşlariga namuna böla olayotgan, noyob isteʼdodi bilan ajralib turgan nomzodlar saralandi.
Tanlovning asosiy maqsadi — iqtidorli, izlanuvçan va faol qizlarni aniqlaş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda jamiyatdagi faolligini oşirişdan iborat.









