MUROJAATGA MUNOSABAT
2026-10-08 09:40:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Marg‘ilon shahrida joylashgan "Eshonguzar" ko‘chasida olib borilgan asfaltlash ishlari yakuniga yetkazilmaganligi yuzasidan murojaat e’lon qilindi.
Mazkur murojaat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, Marg‘ilon shahar "Eshonguzar" ko‘chasida uzunligi 2,4 kilometr bo‘lgan yo‘l qismini joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha qiymati 7 milliard 210 million so‘mni tashkil etib, ayni kunlarda ko‘chani asfaltlashtirish ishlarining ikkinchi bosqichi davom etmoqda.

