BUGUN YOSHLAR KUNI
2026-09-03 19:20:00 / Yangiliklar

"Yoshlar kuni" munosabati bilan shahar prokurori A.Boboxo'jayev turli masalalarda murojaati bo’lgan yoshlar bilan uchrashib suhbatlashdi.
Suhbat davomida shahar prokurori yoshlarning kelajakka qo‘ygan reja va maqsadlari muammo va takliflarini tingladi.
Yoshlar ishga joylashish, tadbirkorlikni boshlash uchun imtiyozli kredit olish va boshqa masalalar bilan shahar prokuroriga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qildilar.
Murojaatlar joyida mas’ul rahbarlarga yo‘naltirilib ijrosi nazoratga olindi.


