NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULI O'TKAZILDI
2026-08-19 12:20:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, ularning dardiga quloq tutish, shu orqali aholining roziligiga erishish har bir rahbarning bosh vazifasiga aylandi.
Bu borada, aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topish maqsadida Marg'ilon shahar hokimligi tomonidan fuqarolar qabuli o’tkazilib kelinmoqda.
Jumladan bugun ham shahardagi Xalq qabulxonasida navbatdagi qabul o'tkazildi. Qabul jarayonida shahar hokimi o'rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari va mas’ullar ishtirok etishdi.
Qabul davomida tadbirkorlik, uy-joy, moddiy yordam, bandlik, sog‘liqni saqlash va boshqa turli masalalar bo‘yicha jami 13 ta murojaatlar ro‘yxatga olinib, 7 ta murojaat egasiga huquqiy tushuntirish berildi, 2 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi.
Qolgan murojaatlarni o‘z muddatlarida ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilot va muassasa rahbarlariga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
Bir so‘z bilan aytganda, bu kabi samimiy muloqotlar “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyilni amalda ifoda etib, turli ovoragarchiliklarning oldini olish, murojaatlarga o‘z vaqtida va tezkor yechim topishda muhim ahamiyatga ega bo‘layotgani bilan quvonarlidir.





