Fuqarolar qabuli o'tkaziladi
2026-08-18 18:05:00 / Yangiliklar

Qadrli hamshaharlar!
Marg’ilon shahar hokimligi tomonidan fuqarolarning murojaat va takliflarini tinglash, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida haftaning har chorshanba kuni soat 10:00 dan 11:00 ga qadar
Shahardagi Xalq qabulxonasi binosida qabul o’tkazilishi belgilangan.
Mazkur qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularga qonunchilik doirasida amaliy yordam ko‘rsatiladi.
