MUROJAATGA MUNOSABAT
2026-07-02 15:00:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Marg‘ilon shahar, "Mustaqillik" ko‘chasidagi yo‘lda asfalt qoplamasi cho‘kib, xavfli holatga kelib qolgani ma’lum qilingan murojaat e’lon qilindi.
Murojaatda ko‘rsatilgan ko‘cha shahardagi asosiy ko‘chalardan biri hisoblanganligi sababli ushbu yo‘lni ta’mirlash ishlari
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshirilishi va ayni murojaat mutasaddilarga yo‘naltirilganligini ma’lum qilamiz.
