Yangi O‘zbekiston nafasi: Zuxro mahallasi ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda
2026-06-04 14:50:00 / Yangiliklar

Marg‘ilon shahrining Zuxro mahallasida Yangi O‘zbekistonga xos zamonaviy qiyofani shakllantirish, aholi uchun qulay va obod muhit yaratish maqsadida “Obod mahalla – obod ko‘cha – obod xonadon” tamoyillari asosida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish qizg'in davom etmoqda.
Mazkur ishlar doirasida hozirgi kunga qadar mahalla hududida bolalar maydonchalari va chiqindi yig'ish shahobchasi qurib bitkazildi. Ko'p qavatli uylarning fasad qismi bo'yalib, tom qismiga zamonaviy tungi yoritish chiroqlari o'rnatildi. Mahalla hududida joylashgan "Mehnat o'yingohi"da ayni kunlarda rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
Qolaversa, aholi yashash sharoitini yanada yaxshilash maqsadida ko‘p qavatli uylardagi mavjud elektr va suv ta’minotini to’liq ta’mirlash, yashil hududlar va dam olish maskanlarini tashkil etishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Amalga oshirilayotgan bunday keng qamrovli ishlar mahalla aholisining turmush farovonligini oshirish, hududning ko‘rkamligi va jozibadorligini ta’minlash bilan birga, “Yangi O‘zbekiston” g‘oyalarining amaldagi ifodasiga aylanmoqda.









