Huquqiy targ‘ibot tadbiri va sayyor sud majlisi o‘tkazildi
2026-06-02 09:50:00 / Yangiliklar

Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudining tergov sudyasi L.Xazratkulov tomonidan Marg‘ilon shahar Madaniyat markazida huquqiy targ‘ibot tadbiri va sayyor sud majlisi tashkil etildi.
Sayyor sud majlisida tegishli hujjatlarsiz transport vositasini boshqargan hamda o‘zboshimchalik bilan yer uchastkalarini egallab olib, u yerda qurilish ishlarini amalga oshirgan shaxslarga nisbatan ma’muriy ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga amaldagi qonunchilik talablari va ularga rioya etmaslik natijasida yuzaga keladigan javobgarlik choralari va oqibatlari haqida tushuntirib o‘tildi.
Tadbirda yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash, ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish hamda bu kabi holatlar uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish va yerdan oqilona foydalanish muhim ekani ta’kidlandi.



