Marg'ilon shahrida “Yaldo kechasi” romani taqdimoti bo‘lib o‘tdi
2026-04-24 11:20:00 / Yangiliklar

Marg'ilon shahridagi 3-sonli texnikumda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xayriddin Sulton qalamiga mansub "Yaldo kechasi" romanining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir shahar hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma’rifat markazi shahar bo'linmasi, Axborot-kutubxona markazi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.
Unda Respublika “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari Ahmadjon Ismoilov, Muhammadrasul Kimsanboyev, Hurriyatxon Hasanova, Fotimaxon Umarova, shoira O'ktamxon Soliyeva hamda shahar ma’naviyat targ‘ibotchilari ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Tadbir avvalida texnikum o‘quvchilari tomonidan "O‘tkan kunlar" asaridan tayyorlangan sahna ko‘rinishi yig‘ilganlar yuragiga chinakam ma’noda tarixda o‘tkan kunlar nafasini yetaklab kirdi.
Taqdimot davomida so‘z olganlar tomonidan asarning yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati hamda adabiy jarayondagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Ta’kidlanganidek, mazkur roman o‘zbek adabiyotining durdonasi hisoblangan “O‘tkan kunlar” asarining mantiqiy davomi sifatida yaratilgan.
Aytish kerakki, mazkur asar mamlakatimiz adabiy hayotida o‘ziga xos voqelik bo‘lgani bilan ahamiyatlidir.









