Qanday boy bo’lsa bo’ladi?
2026-04-23 17:00:00 / Yangiliklar

Marg‘ilon shahridagi "Ariq bo‘yi" mahallasida bir qarich yerdan ham unumli foydalanib, yuqori daromadga ega bo‘lib kelayotgan ishbilarmon insonlarni ko‘prab uchratasiz.
Alijon Akramov ham xonadonining 8 sotixli tomorqasida nafaqat limon, bundan tashqari kartoshka, sabzi kabi kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘ladigan sabzavotlar, qolaversa, qulupnay, anor, shaftoli, uzum va olma kabi mevalarni ham yetishtirish bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Alijon akaning mehnatsevarligi va yerga bo‘lgan mehri tufayli ushbu kichik tomorqa yil davomida barqaror daromad manbaiga aylangan. U har yili o‘rtacha 50 million so‘m atrofida daromad topib, oilasi farovonligini ta’minlab kelmoqda. Bu esa tomorqadan to‘g‘ri va rejali foydalanilsa, kichik yer maydoni ham katta imkoniyatlar eshigini ochishini yana bir bor isbotlaydi.






