"Shunqorlar" harbiy sport o'yinlari shahar bosqichi o'tkazildi
2026-04-23 16:20:00 / Yangiliklar

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, aholi va yoshlar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash hamda yoshlar o'rtasida milliy armiyamizga bo'lgan g'urur va iftixor tuyg'ularini yanada oshirish maqsadida
Marg’ilon shahar hokimligi, Ichki ishlar, Mudofaa hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limlari va bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Marg’ilon shahridagi umumiy o'rta ta’lim maktablari o’quvchilari o’rtasida “Vatanparvarlik – oliy maqsadimiz” shiori ostida "Shunqorlar" harbiy sport o'yinlari shahar bosqichi o'tkazildi.
Musobaqada shahardagi 20 ta umumiy o'rta ta'lim maktablaridan 20 ta jamoa hisobida 200 nafardan ortiq ishtirokchilar O’zbekiston tarixi bilimdoni, saf qo’shig’i ko’rik tanlovi, o’quv granatasini uloqtirish, harbiylashtirilgan estafeta, 100 metrga yugurish, turnikda tortinish, uzoq masofaga yugurish, shartlarida o'zaro bellashdilar.
Qiziqarli va murosiz bahslarga boy tarzda o'tkazilgan bellashuvlar yakunida shahardagi 16-sonli umumta’lim maktabi jamoasi faxrli
1-o'rinni egallab, viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Shuningdek, g'olib va sovrindorlar aniqlanib, hamkor tashkilotlar hamda “Vatanparvar” tashkiloti Marg’ilon shahar O’STM tomonidan esdalik sovg'alari va g'oliblik diplomi bilan taqdirlandilar.





