MARGʻILON SHAHAR HOKIMIGA YANGI O‘RINBOSAR TAYINLANDI
2026-04-03 17:50:00 / Yangiliklar

Turdaliyev Asadullo Nurillo o‘g‘li Marg‘ilon shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Asadullo Turdaliyev 1994-yilda Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. 2017-yilda Andijon qishloq xo‘jaligi instituti, 2024-yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan.
A.Turdaliyev tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati hokimligi hududlar master-rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofisi mutaxassisi lavozimida ishlagan.
