“Ramazon oyi – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi”
2026-03-11 19:55:00 / Yangiliklar

Muhtaram Prezidentimizning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Marg‘ilon shahrida ham inson qadri ulugʻlanib, aholi oʻrtasida mehr-muruvvat, saxovat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga qaratilgan ezgu ishlar keng quloch yozmoqda.
Ayniqsa, muborak Ramazon oyi munosabati bilan joylarda amalga oshirilayotgan xayriya tadbirlari bu ezgu qadriyatlarning amaliy ifodasidir.
Xususan bugun Marg‘ilon shahar hokimligi hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi shahar bo‘limi tashabbusi bilan shahrimizdagi muhtasham “Asr” to‘yxonasida iftorlik dasturxoni yozildi.
Fayzli dasturxon atrofida kechgan suhbat jarayonida shaharda aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, Ramazon oyining fazilatlari haqida so‘z yuritildi.
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj hamda nogironligi bor bo‘lgan fuqarolar jam bo‘lgan ushbu xayriya tadbiri yakunida nuroniylar yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik tilab duoga qo‘l ochishdi.





