SIZ HAMISHA E’ZOZ VA E’TIBORMIZDASIZ, AZIZ AYOLLAR!
2026-03-07 12:55:00 / Yangiliklar

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramining aynan bahor faslida nishonlanishi zamirida ham o‘ziga xos ma’no va hikmat mujassam.
Zotan, bahor va ayol so‘zlari bir-biriga hamohang va uyg‘undir.
Darhaqiqat, sevgi va sadoqat, mehr-muhabbat, nazokat va latofat kabi eng nozik tuyg‘ularni ayollarsiz aslo tasavvur eta olmaymiz. Zero, aziz ayollarimiz hamisha ko‘z o‘ngimizda mehribon ona, fidoyi yetakchi, sadoqatli yor timsolida gavdalanadi.
Bugun shahrimizdagi Madaniyat markazida ayyom munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda ham muhtarama onaxonlarimiz, aziz opa-singillarimiz yana bir karra e’zozlandi, e’tirof etildi.
Tantanani shahar hokimi Shukurulloxon Nisbatxonov samimiy tabrik so‘zi bilan ochib bugungi kunda mamlakatimizda, xususan shahrimizda ham xotin-qizlarning iqtisodiy-ciyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng davomiy qarsaklar sadosi ostida aziz opa-singillarimizga bayram sovg‘alari ulashildi.
Shahar Madaniyat markazining xushovoz xonandalari, san’at ustalari ishtirokidagi badiiy-musiqiy dastur barchaga bayram shukuhini ulashdi.






