Tailanddagi xalqaro musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan marg‘ilonlik yosh sportchi M.Abdullayev tantanali kutib olindi
2026-02-18 16:35:00 / Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, marg‘ilonlik yosh sportchi Muhammadjon Abdullayev Tailanddagi xalqaro musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Bugun yosh sportchi M.Abdullayev o'zi ta'lim olib kelayotgan Marg'ilon shahridagi 13-umumiy o'rta ta'lim maktabida shahar hokimligi vakillari, ustozlari va o'quvchi yoshlar ishtirokida tantanali kutib olindi.
Tantanali tadbirda so'z olganlar Muhammadjonning yuksak muvaffaqiyatini alohida e'tirof etib, uning kelgusida jahon chempionatlari va yirik xalqaro arenalarida ham yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishiga ishonch bildirishdi.
Ma'lumot uchun, yosh sportchi M.Abdullayev Tailand poytaxti Bangkok shahrida xalqaro miqyosda o‘tkazilgan nufuzli “Thailand Cup” musobaqasida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, sportning World Karate Federation (WKF) yo‘nalishi bo‘yicha OLTIN MEDALNI qo‘lga kiritdi!
M. Abdullayev xalqaro musobaqada Tailand, Malayziya, Indoneziya hamda Hindistondan tashrif buyurgan kuchli raqiblari ustidan ishonchli g‘alabalar qozonib, musobaqaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan.







