MARGʻILON SHAHRIDA JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN PRESS-TUR VA MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI
2026-01-29 18:55:00 / Yangiliklar

Viloyatdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar, viloyatdagi boshqarmalarning Axborot xizmatlari rahbarlari hamda blogerlar dastavval «Burxoniddin Marg‘iloniy majmuasida amalga oshirilayotgan ulkan qurilish va bunyodkorlik ishlari” mavzusida Matbuot anjumanida shahar hokimi Shukurulloxon Nisbatxonov bilan yuzma-yuz muloqot olib bordilar.
Bugungi kunda Marg‘ilon shahri va uning mehnatsevar aholisi ulkan bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlari bilan yangi davrga qadam qo‘ymoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning viloyatimizga, xususan Marg‘ilon shahriga tashriflari chog‘ida yaqin istiqbolga belgilangan vazifalari doirasida shahrimizda Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy-ma’rifiy turizm markazining qurilish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Loyiha doirasida:
- O‘quv markazi,
- 4 ta milliy uslubdagi mexmonxonalar,
- Maqom teatri,
- “B.Marg‘inoniy ilmiy-tadqiqot” markazi,
- Anjumanlar zali,
- Masjid binosi,
- Axborot markazi,
- Muzey,
- Otabek-Kumush uyi,
- Ma’muriy bino,
- Karvonsaroy,
- 35 ta Savdo xizmat ko‘rsatish xunarmandlar markazi,
- Bozor va gastronomiya markazi,
- Yuridik instituti,
- Talabalar turar joyi,
- Istiroxat bog‘i tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Bugungi kunda majmuadagi Karvonsaroy, 30 ta Savdo xizmat ko‘rsatish xunarmandlar markazi, Bozor va gastronomiya markazi, mexmonxona ob’yektlarida qurilish montaj ishlari loyiha ishlari bilan bir vaqtda olib borilmoqda.
Hozirda yangi massiv loyihasi doirasida katta bunyodkorlik, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari qizg‘in olib borilmoqda.
Hunarmand-ustalarning mahsulotini eksport qilish, ishlab chiqarishda qulaylikka ega bo‘lishlari uchun 50 gektar maydonda sanoat zonasi ham tashkil etilmoqda.
Shuningdek, "Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishi loyihasi bo‘yicha topshiriqlar ham berilgan edi. O‘tgan qisqa vaqt ichida mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan Marg‘ilon shahrining Yangihayot ko‘chasida joylashgan 82 gektar yer maydonida 82 ta 5500 xonadonli “Yangi O‘zbekiston” massivini bunyod etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida shuningdek 3 ta umuta’lim maktablari, 6 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 2 ta poliklinika, 1 ta tibbiyot markazi, 1 ta avtosalon, 1 ta savdo va ko‘ngilochar markazi, 1 ta umumiy ovqatlanish shaxobchasi qurib bitkazilmoqda.
2025 yilda qurilish ishlari boshlangan uy-joylar soni: 15 ta (1 150 xonadonli); shundan 6 ta 435 xonadonli ko‘p qavatli
uy-joylar qurilib bitkazildi. Shuningdek yana 9 ta 715 xonadonli ko‘p qavatli uy-joylarda qurilish ishlari davom etmoqda.
Shu kunga qadar massivda 1 ta 990 o‘rinli umumta’lim maktabi, 1 ta 330 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti va 1 ta oilaviy poliklinika binolari qurilib bitkazildi.
Matbuot anjumanidan so‘ng OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy-ma’rifiy turizm markazi hamda “Yangi O‘zbekiston” massiviga press-tur tashkil etildi. Press-tur davomida mazkur ob’yektlarda olib borilayotgan ulkan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.









