МUROJAATGA MUNOSABAT
2026-01-09 09:20:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda “Marg‘ilon shahrida o‘zboshimchalik bilan barpo etilgan qurilish obyektlarini bartaraf etish bo‘yicha tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan qanday ishlar amalga oshirilgan?” sarlavxasi ostida murojaat e’lon qilindi.
Shahar hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi gurux vakillari ishtirokida shahardagi noqonuniy qurilmalar o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan noqonuniy qurilmalar egalariga belgilangan tartibda ogohlantirishlar berildi va 15 kun muddat ichida bartaraf qilish lozimligi tushuntirildi.
Belgilangan vaqt o‘tganidan so‘ng shahar hududidagi bir nechta noqonuniy qurilmalar buzilib, bartaraf etildi.
Ayrim noqonuniy qurilmalar begilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda qonunchilikga asosan buzdirish bo‘yicha sudlarga davo arizasi kiritilishi fuqarolarga ma’lum qilindi.



