«MILLIY ARMIYA – ONA YURT QALQONI, TINCHLIGIMIZ POSBONI»
2026-01-06 11:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Marg‘ilon shahrida «Milliy armiya – ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni» shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbir harbiy Vatanparvarlik karvonining milliy g‘urur va iftixor ila shahrimizning «Turkiston» ko‘chasi bo‘ylab shahdam qadamlar ila saf tortib kelishi bilan boshlandi.
Tadbirda so‘z olganlar tomonidan yoshlarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, ularni turli yot g‘oya va tahdidlardan asrash, o‘z mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalash eng asosiy maqsadlardan biriga aylanmog‘i lozimligi alohida ta’kidlandi.
Shundan so‘ng Sharqiy harbiy okrugda joylashgan harbiy qismlar harbiylarining ko‘rgazmali chiqishlari, harbiy qurol va texnikalarning namoyishi ishtirokchilar yuragida ona yurtga bo‘lgan iftifor va g‘ururni yanada yuksaltirdi.
Tadbir davomida shahardagi tashkilot va muassasalarning rahbar va xodimlari, shuningdek ko‘ngillilar ishtirokida “Sog‘lom xayot sari 5000 qadam” ommaviy yurish marafoni o‘tkazildi.






