Sayyor qabul: MUROJAAT, YECHIM VA NATIJA
2025-12-26 14:25:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, ularning dardiga quloq tutish, shu orqali aholining roziligiga erishish har bir rahbarning bosh vazifasiga aylandi.
Zero, Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.
Bu borada, aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topish maqsadida Marg'ilon shahar hokimi Sh.Nisbatxonov tomonidan hududlarda "Sayyor qabul"lar tashkil etib kelinmoqda.
Jumladan bugun ham shahardagi Raqamli texnologiyalar markazida navbatdagi "Sayyor qabul" o'tkazildi. Qabul jarayonida shahar hokimi o'rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari va mas’ullar ishtirok etishdi.
Qabul davomida tadbirkorlik, uy-joy, moddiy yordam, bandlik, sog‘liqni saqlash va boshqa turli masalalar bo‘yicha jami 15 ta murojaatlar ro‘yxatga olinib, 4 ta murojaat egasiga huquqiy tushuntirish berildi, 6 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi.
Qolgan murojaatlarni o‘z muddatlarida ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilot va muassasa rahbarlariga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
Bir so‘z bilan aytganda bu kabi samimiy muloqotlar “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyilni amalda ifoda etib, turli ovoragarchiliklarning oldini olish, murojaatlarga o‘z vaqtida va tezkor yechim topishda muhim ahamiyatga ega bo‘layotgani bilan quvonarlidir.






