Hurmatli Marg’ilon shahri fuqarolari!
2025-12-22 15:25:00 / Yangiliklar

Marg’ilon shahar hokimi Sh.Nisbatxonov ishtirokida fuqarolarning murojaat va takliflarini tinglash, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etilmoqda.
Mazkur qabul joriy yilning 26-dekabr juma kuni soat 10:00 da “Pichoqchi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Raqamli texnologiyalar markazi binosida bo‘lib o‘tadi.
Fuqarolar qabuli davomida shahar hokimining o‘rinbosarlari, tegishli soha va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni atroflicha ko‘rib chiqqan xolda qonunchilik doirasida amaliy yordam
ko‘rsatadilar.
