ARZONLASHTIRILGAN YANGI YIL YARMARKASI MAHSULOTLARI - DASTURXONINGIZ KO‘RKI
2025-12-18 17:15:00 / Yangiliklar

Yangi yilni aholi to‘kin dasturxon atrofida qarshi olishni xush ko‘radi. Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini arzon narxlarda aholiga yetkazilishi esa yana bir qulaylikdir.
Marg‘ilon shahridagi Dehqon bozorida tashkil etilgan Yangi yil yarmarkasida boshqa savdo shaxobchalariga qaraganda
27 turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini arzon narxlarda xarid qilish imkoni mavjud.
Bozorda sabsavot mahsulotlari zaxirasi esa 260 tonna bo‘lib belgilangan reja to‘liq bajarilgan.






