«Yashil makon» loyihasi doirasida Marg‘ilon shahridagi «Pur Siddiq» majmuasida ommaviy ko‘chat ekish ishlari amalga oshirildi
2025-12-05 16:45:00 / Yangiliklar

Mazkur loyiha doirasida shahar hokimi Sh. Nisbatxonov hamda shahar prokurori A.Boboxo‘jayev boshchiligida «Pur Siddiq» ziyoratgohi hududiga nuroniylar, shahardagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Shahar hokimi ko‘chat ekish tadbiri davomida bugungi kunda atrof muhitni muhofaza qilish, yashab turgan shahrimiz, xonadonimiz va ko‘chamizni yanada obod va yashil makonga aylantirishdagi islohotlarni albatta o‘zimizdan boshlashimiz lozim ekanligini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari mazkur loyiha yurtimiz bo‘ylab ko‘chat ekib, bog‘-rog‘lar barpo etish va tevarak-atrof musaffoligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shahrimizdagi xiyobonlar, ko‘cha va mahalla hudullari chiqindilardan tozalanib turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazilmoqda.
Bu boradagi tadbirlar mutassadi tashkilotlar hamkorligida ham joylarda davom etadi.






