ÖZBEKISTON VA AVSTRALIYA: ÇORVAÇILIK SOHASIDA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI
2026-11-06 17:00:00 / Yangiliklar

Çorvaçilik va yaylov xöjaligini rivojlantiriş agentligida Avstraliyaning ADAMAND ENTERPRISES PTY LTD kompaniyasi vakili Andrey Vakulin bilan uçraşuv bölib ötdi.
Muloqotda Agentlik direktorining maslahatçisi Alişer Safarov iştirok etib, çorvaçilik sohasiga ilğor xorijiy texnologiyalarni jalb qiliş, investitsiyaviy loyihalarni rivojlantiriş va özaro hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi.
🔹 Hamkorlikning ustuvor yönalişlari:
▪️ Avstraliyaning ilğor çorvaçilik tajribasini Özbekistonda joriy etiş;
▪️ Zamonaviy çorvaçilik komplekslarini taşkil etiş;
▪️ Işlab çiqariş samaradorligini oşiriş;
▪️ Istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni işlab çiqiş;
▪️ Xalqaro ekspertlarni jalb etiş va texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlaş.
Uçraşuv yakunida tomonlar özaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlarini örganiş, istiqbolli taşabbuslar yuzasidan amaliy takliflar işlab çiqiş muhimligini taʼkidladilar.


