Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligining taklifiga muvofiq, joriy yilning 4-noyabr sanasida Çorvaçilik va yaylov xöjaligini rivojlantiriş agentligi vakillari Xitoyning işbilarmon doiralar vakillaridan iborat delegatsiyasi bilan uçraşuv ötkazdi
2026-11-05 08:15:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida Xitoy tomoni O‘zbekiston Respublikasiga naslli yirik va mayda shoxli mollarni, naslli o‘rdak va tovuqlarni olib kelish hamda O‘zbekistonda chorvachilik fermalarni tashkil etish taklifini bildirdi.
Shu bilan birga, yaylov yerlarini sifatini yaxshilash, ularni degradatsiyasining oldini olish maqsadida pivot sug‘orish texnologiyasini joriy etish hamda, urug‘larni yer ostida namligini saqlagan holda yaylov sharoitlariga moslashtirsh bo‘yicha Xitoy tajribasini O‘zbekistonda tatbiq etish taklif etildi.
Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi vakillari tomonidan mazkur takliflar asosida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlikda loyihlar portfelini ishlab chiqish taklif etildi.



