audio
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri "INNO" innovatsion-o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkiga tashrif buyurdi

Vazir O'zbekiston Respbulikasi Prezidenti boshchiligida Eron Islom Respublikasiga oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlar bo'yicha amalga oshirishilayotgan qator loyihalarga alohida e’tibor qaratdi.

Xususan, "INNO" texnopark rezidenti "Fidar Network" tomonidan ishlab chiqarilgan kuzatuv kameralari, “Pasagrad Paya Control” kompaniyasining liftlar uchun maxsus UPS uskunalari va "Easy Export" kompaniyasi tomonidan quyosh panellarini ishlab chiqarish jarayonlarini ko'zdan kechirdi.

Shuningdek, "INNO" texnoparkining Standartlashtirish zonasida faoliyat yuritib kelayotgan residential tomonidan "O'zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" bilan hamkorlikda Xalqaro Standartlashtirish ISO sertifikatlarini berish bo'yicha ko'rsatilayotgan xizmat turlari bilan tanishildi.