Yakuniy bahoni sud beradi
2025-06-02 15:15:00 / Yangiliklar
Munosabat

Effect.uz sayti Koson tumanidagi Markaziy dehqon bozorida mavjud muammolar bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib borishgani, o‘rganish jarayonida Koson hokimi A.Boyqarayev tomonidan 2021 yilda imzolangan qaror, 2025 yilga kelib uning o‘zi tomonidan bekor qilinayotgani haqida xabar e’lon qilgan.
Ushbu xabar yuzasidan quyidagilarni bildiramiz.
O‘rganishlar davomida ma’lum bo‘ldiki, tadbirkorlik subyekti qurgan bino bozor ichkarisiga kiradigan yo‘l yoqasigacha chiqib kelgan. Bu esa yo‘lda qatnovga jiddiy xalaqit qilmoqda.
Qolaversa, tadbirkorning shikoyatiga asosan ish yuqori instansiya sudida qayta ko‘rilib, muhokama qilinish arafasida turibdi. Bu masala yuzasidan yakuniy bahoni sud beradi.
