Xalq deputatlari Koson tumani kengashining 7-chaqiriq 11-sessiyasi o‘tkazildi
2025-05-02 15:20:00 / Yangiliklar

Sessiyada Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Sherzof To‘xtashev va Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev, Xalq deputatlari viloyat kengashi raisi Ismigul Xushvaqtova ishtirok etdi.
Dastlab kun tartibidagi masala yuzasidan Koson tuman prokurori Fahriddin Jovliyevning 2025-yil 1-choragida qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axboroti eshitildi.
Deputatlar tuman prokurori axboroti yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi 1-sonli qarori ijrosi yuzasidan Koson tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i B.Mirzayevning 2025-yil 1-choragida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida hisoboti eshitildi.






