Yangiliklar
2025-04-23 17:25:00 / Yangiliklar
Koson tumanida Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi keng nishonlandi

Koson tumanidagi Abdulla Oripov nomli kutubxonada tuman hokimligi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Koson tuman boʻlinmasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi arafasida ijodiy kecha tashkil qilindi.
Tadbirda shoirning rafiqasi Nazira As-Salom ishtirok etib, barchaga minnatdorchilik bildirdi. Shoir she'riyati insonni har tomonlama o'ylashga, his-tuyg'ularni chuqur anglashga, yuksak ma'naviyatga yetishishga chaqiradi. Yoshlar tomonidan berilgan savollar biroz o'ylantirgan bo'lsada, lekin shoirning oilasi bo'lish ham mashaqqatli ham sharafli ekanligini Nazira opa aytib o'tdi. Ijodiy kecha mazmunli va hammada iliq taassurot qoldirdi.
