Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari Koson tumanida
2026-11-13 16:20:00 / Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari Koson tumaniga tashrif buyurdi. Mehmonlarni tuman hokimi Asrol Boykarayev kutib oldi.
Tashrifning dastlabki qismida tuman hokimligi majlislar zalida uchrashuv tashkil etildi. Unda deputatlarga Koson tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, hududda amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi turmush farovonligini oshirish, infratuzilmani yaxshilash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng mehmonlar Xalq deputatlari Koson tumani Kengashi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Kengashning vakolatlari, deputatlik faoliyatini tashkil etish, doimiy komissiyalar ishi, xalq vakillarining hududlarni rivojlantirish va aholi murojaatlarini o‘rganishdagi ishtiroki yuzasidan fikr almashildi.









