FUQAROLAR BILAN MULOQOT: MUROJAATLAR MAZMUNIDAN KELIB CHIQIB AMALIY CHORALAR BELGILANMOQD
2026-11-16 16:00:00 / Yangiliklar

Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev hamda uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tgan hafta davomida fuqarolar bilan sayyor qabullar o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda turli masalalar bilan murojaat qilgan fuqarolarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar yuzasidan atroflicha suhbatlashildi. Murojaatlarning mazmuni bir-biridan farq qilgani bois har bir masalaga alohida yondashilib, tegishli tashkilot va idoralar vakillari bilan birgalikda yechim yo‘llari muhokama qilindi.
Ayrim murojaatlar yuzasidan shu joyning o‘zida tegishli tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar bo‘yicha mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar yuklatildi. Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni hal etish imkoniyatlari, zarur choralar va ularning ijro muddatlari belgilab olindi.





