Koson tumani prokurorining murojaatnomasi
2026-11-05 15:45:00 / Yangiliklar

Hurmatli tumanimiz ahli !
Tumanimiz hududida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarni oldini olish, fuqarolarimizni huquq va erkinliklarini himoya qilish – doimo eng muhim vazifalarimizdan biri hisoblanadi.
Tumanda 2026 yil 10 oyida umumiy jinoyatchilik jami 698 (527) ta jinoyatlar hisobga olinib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 171 taga yoki 32,45 foizga oshgan.
Mazkur 698 ta jinoyatlarning 390 tasi axborot texnologiyalari sohasidagi, 168 tasi aniqlanadigan va 140 tasi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar tashkil etdi.
Tumandagi 74 ta mahalladan 6 tasi “qizil”, 29 tasi sariq,
39 tasi yashil toifaga kirdi. Jinoyatchilikni jilovlash borasida amalga oshirilgan ishlar o‘z samarasini bermaganligi oqibatida oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyatlar oshib, salbiy ko‘rsatkich qayd etildi.
Xususan, hisobot davrida o‘g‘rilik jinoyati 30 (28) ta sodir etilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 taga yoki 7,14 foizga oshgan.
Ushbu o‘g‘rilik jinoyatlarini turlari bo‘yicha tahlil qilinganida 7 tasi xonadon o‘g‘riligi, 4 tasi ombor-do‘kon o‘g‘riligi, 10 tasi chorva mollari o‘g‘riligi, 3 tasi velosiped o‘g‘riligi va 2 tasi telefon o‘g‘riligini tashkil qilgan.
O‘g‘rilik jinoyati sodir etgan mahkumlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarda “Siz, nima sababdan o‘g‘rilik jinoyati sodir etdingiz” degan savolga 77 foiz hech qayerda ishlmasligi, oila boqishga pul kerakligini hamda 23 foizi esa ushbu xatti-harakatlarni oqibatlarini anglamasdan sodir qilganligini ta’kidlashgan.
O‘g‘rilik keng tarqalgan jinoyatlardang hisoblanib, jamiyat xavfsizligi tinchiligiga raxna soluvchi ijtimoiy xavfi katta bo‘lgan illatlardan hisoblanadi. Shular bilan bir qatorda o‘g‘rilik jinotlarining oldini olishda huquqni muhoafaza qiluvchi organlarning keng jamoatchilik bilan hamkorligini yanada takomillashtirish lozimligini, shuningdek, jamoat tuzilmalari va fuqarolarimizning barcha turdagi salbiy ijtimoiy illatlarga bo‘lgan murosasizlik hissini shakllantirish, ularning jamiyat hayotidagi rolini oshirish shartini keltirib chiqaradi.
Qadrli tumanimiz aholisi !
Sizlardan chorva mollaringizni, shaxsiy ashyo va buyumlaringizni va mol-mulkingizni saqlashda doimo diqqatli e’tiborli bo‘lib, o‘g‘rlik jinoyati qurboni bo‘lib qolishdan saqlanishingzni so‘rab qolaman.
Yana bir bor shuni alohida qayd etamanki, jinoyatning
har qanday ko‘rinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga,
jinoya sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini
ta’minlashga shaxsan kafolat beraman.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Fahriddin Jovliyev, Koson tumani prokurori.
