Koson tumani tibbiyot birlashmasi Korrupsiyaga qarshi qanday kurashadi?
2026-10-16 17:30:00 / Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Koson tuman tibbiyot birlashmasiga ham tashrif buyurdi. Mazkur muassasada tibbiyot tizimidagi shaffoflikni ta’minlovchi zamonaviy “D-MED” raqamli tizimining ishlash jarayoni hamda barcha jarayonlarni onlayn nazorat qiluvchi “Situatsion markaz” faoliyati yaqindan o‘rganildi.
Tizimda korrupsiyaviy xavflarni to‘liq bartaraf etish, byurokratiyaga chek qo‘yish va sun’iy navbatlarning oldini olish maqsadida muhim tavsiyalar berildi. Xususan, endilikda shifoxonaga kelayotgan har bir bemorni ro‘yxatga olish jarayoniga Face-ID (yuzni tanish) texnologiyasini integratsiya qilish va bu orqali inson omilini minimal darajaga tushirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.







