Bog‘cha taomnomasi yashirin bo‘lmaydi
2026-10-16 17:15:00 / Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov tumandagi 46-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasada bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaqindan ko‘zdan kechirdi.
Tashrif davomida bolalar ta’minotidagi shaffoflikni ta’minlash va har qanday suiiste’molchiliklarning oldini olish maqsadida mas’ullarga muhim tavsiyalar berildi. Xususan, endilikda kunlik oziq-ovqat mahsulotlari menyusi ota-onalar uchun eng ko‘rinarli joyga joylashtiriladi. Mahsulot saqlash xonalari va omborxonalarga yaxlit kuzatuv kameralari o‘rnatilib, jarayon to‘liq nazoratga olinadi. Eng muhimi, muassasada oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish tizimini yanada shaffoflashtirish uchun autsorsing xizmatini yo‘lga qo‘yish choralari ko‘riladi.








